TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Mahalla bilan hamkorlik

Joriy yilning 26-aprel kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashining rejasi asosida “Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva fakultetga biriktirilgan “Mirzakalon Ismoiliy” mahalla fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurdi.  Ushbu tashrif mahalladagi mavjud voyaga yetmagan, tarbiyasi ogʻir qizlar bilan suhbat oʻtkazish, ularnining xatti-harakatlarini oʻrganish va amaliy yordam ko‘rsatish  maqsadida oʻtkazildi. Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Z.Yakubova, yoshlar etakchisi A.Sattorovlarning bergan ma’lumotiga koʻra 2024-yilning 1-aprel holatiga voyaga yetmagan, tarbiyasi ogʻir qizlar yoʻqligi ma’lum boʻldi. Kelgusida voyaga yetmagan qizlar tarbiyasida salbiy oʻzgarishlarni oldini olish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish boʻyicha rejalar ishlab chiqildi.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboeva

Universitet matbuot xizmati