TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Izlangandan iz qolar, izi borni izlashar

Hozirgi kunda «Zakovat» intellektual o'yinini OTM talabalari o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Shu tufayli "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1-kurs talaba yoshlari bilan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida yozuvchi To'lqin Hayit asarlarini targ'ib qilish bo'yicha universitet psixologi M.K.Muhammedova va "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutorlari hamkorligi ostida To'lqin Hayitning “Saboq” hikoyasi asosida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. "Leaders","G'oliblar", "Gidrolog", "Everest" hamda "Pozitiv" jamoalaridan iborat «Zakovat» intellektual o'yini juda qizg'in tarzda kechdi. Unda  3 ta tur bo'yicha 5 ta jamoa  faol ishtirok etib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

O'yin natijlariga ko'ra:

1-o'rin - "Leaders"

2-o'rin  - "G'oliblar",

3-o'rin -  "Gidrolog"

4-o'rin-  "Pozitiv"

5-o'rin- "Everest" jamoalari qo'lga kiritishdi.

Olimlar o'tkazgan bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, shaxmat, shashka, viktorina va “Zakovat” kabi intellektual o'yinlarda ishtirok etish “Nima?  Qayerda?  Qachon?"  insonning kognitiv qobiliyatini saqlab qolishga ijobiy ta'sir ko'rsatib, xotiraning kuchayishi, tafakkur qilish qobiliyatining o'sishiga sabab bo'lar ekan. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak talabalar o'rtasida intellektual o'yinlarni ko'proq o'tkazib, ularning bilim darajalarini, aqliy salohiyatlarini oshirish barchamizning ezgu burchimizdir.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova, "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutorlari D.Axrorova va G.Ahmedjanovalar axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati