TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

29-aprel – 1-may kunlari Minsk shahrida Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda

Unda O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari rektorlari va ta’lim idoralari vakillari ishtirok etmoqda. Forum doirasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev Belarus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilevich va "Belarus qishloq xo‘jaligi akademiyasi" rektori Vitaliy Velikanov bilan hamkorlik Bitimini imzoladi.

2024-yil 30-aprel kuni Minsk shahridagi Milliy kutubxona binosida birinchi O‘zbekiston-Belarus oliy va professional ta’lim forumini rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Belarus Ta’lim vaziri Andrey Ivanes, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov ochib berdilar. Ikki tomon oliy va professional ta’lim muassasalari rahbarlarining kadrlar tayyorlash, professional ta’lim sifatini oshirish sohasida hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari bo‘yicha ma’ruzalari tinglanib, aloqalarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.