TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2024

Libos –ma’naviyat ko’zgusi

2024 yil 3 mayda 15-may xalqaro “Oila” kuni munosabati bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetining Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan talabalari ishtirokida “Buvijonim kiygan liboslar” tadbiri o’tkazildi. Unda milliy qadriyatlarimizni targ’ib etish, an’analar uzviyligini ta’minlash hamda kiyinish madaniyatini takomillashtirish maqsadida, qolaversa har bir talaba qizlarimizda milliylikka yo’g’rilgan zamonaviy liboslar to’g’risidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilish g’oyalari ilgari surilgan.

Bugungi tadbirda Asaka mahallasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha rais maslahatchisi G.Erkaeva, Universitet xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Z.Ismailovalar tashrif buyurishdi. Tadbirni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari X.Eshova ochib berdi. So’z Universitet xotin-qizlar masalalari bo’iycha rektor maslahatchisi Z.Ismailovaga berildi. Z.Ismailova o’z so’zida Oila to’g’risida ma’lumotlar bnrib, qadriyatlarni tiklash , shu bilan birga Buvijonlarimiz kiygan liboslar to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

Libos nafaqat insonning tashqi ko’rinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, ma’naviyat va madaniyatning belgisidir. Momo va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarda o’zbek xalqining qadimiy va o’chmas ma’naviyati hamda boy qadriyatlari o’z ifodasini topgan. Ushbu tadbirda “Qizlarjon” klubi a’zolarining talaba qizlari o’zlarining chiqishlari bilan, ya’ni milliylikni yaqqol namoyish etdilar. Tadbir yakunida faol ishtirokchi talabalar hamda talaba-qizlarning ma’naviy qiyofasini shakllanishida olib borayotgan namunali faoliyati uchun fakul’tet talaba qizlari universitet rektorining Faxriy yorlig’i va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Talabalarning chiqishlari barchada yaxshi tasurot qoldirdi. Ushbu tanlovni o’tkazishimizdan asosiy maqsad esa yoshlarimizni ma’naviyatida tarixiy qadriyatlarimizga bo’lgan e’tiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson bo’lib tarbiya topishiga erishishdir. Albatta, buning zamirida yoshlarimizning kiyinish madaniyatiga bo’lgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga o’zbek milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi. Tadbirni tashkil etishda yordam bergan fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari X.Eshova va tyutor M.Turg’unovalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati