TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2024

“Siz qonunni bilasizmi” ko’rik tanlovi

2024 yil   29-aprelda “Yer resurslari va kadastr fakultetining talaba qizlari o’rtisida” “Siz qonunni bilasizmi” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida O’zbekiston respublikasi prezidentining 2019 yil 9 yanvar PF-5618-sonli farmonida ko’rsatilganidek fuqarolar ongida "Jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!" degan hayotiy g’oyani mustahkamlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash g’oyalarini targ’ib qilish, Ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish  va oliy ta’lim muassasalarida “Siz qonunni bilasizmi” ko’rik tanlovini tashkil qilish ko’zda tutildi.

Bizga ma’lumki, hozirgi kunda  ayniqsa xotin-qizlar o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo’yicha respublikamizda, ayniqsa Oliy ta’lim muassasalarida  xotin-qizlarning  huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va va davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan  qonun va qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish va ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida fakultetimizning “Yer kadastri va yer tuzish”, “Geodeziya va Geoinformatika” va “Kadastr faoliyati” yo’nalishlari bo’yicha talaba qizlarimiz o’zaro kuch sinashdilar. Ushbu tanlovda X.Eshova, dots. Sh.Bobokulov va D.Dadabaevalar xay’at a’zolari bo’lib, talaba qizlarga “Siz qonunni bilasizmi?”mavzusi yuzasidan bir nechta savollar berilib, ularning qanchalik qonunni bilishlari va huquqiy bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Xay’at a’zolari talabalarimizga “Qonunni bilish – o’zini va o’zgalarni hurmat qilishdir”-degan ibora bilan boshlashdi.

Jamoalar chiqishlarida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila va Mehnat kodekslarining yoshlarga oid bandlari hamda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga saylovlar, saylovchilarning huquqlari, vijdon erkinligi, aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlar ijrosini aks ettiruvchi lavhalar namoyish etildi, tergov va sud jarayonlariga oid sahna ko’rinishlari ijro qilindi. Murosasiz va qizg’in bahslarga boy bo’lgan mazkur tanlovda ishtirokchilarning xar biri barcha shart bo’yicha puxta tayyorgarlik ko’rgani, ularning sohaga oid yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon, qaror va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatidan yaxshi xabardor ekanligini anglash mumkin. Faol qatnashgan va g’olib bo’lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu tanlovni tashkil qilishda yozdam bergan fakulьtetimizning barcha professor –o’qituvchilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati