TIQXMMI yangiliklari

img
09.05.2024

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida “harbiy vatanparvarlik musoboqalari” o‘tkazildi

Joriy yilning 8-may kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida sportning 10 turi, ya’ni Mini-futbol; Voleybol; Stol-tennis; Shaxmat-shashka; Armrestling; Milliy kurash; Arqonga chiqish; Turnikda tortilish; Brus qilish musoboqalari o‘tkazildi.

Musoboqani rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdurashidovich ochib berdilar. Tadbirning boshlanishi fakultetning 1-kurs Harbiylar jamoasi chiqishi bilan boshlandi. Musoboqa yuqori saviyada o‘tdi va o‘yin yakunida fakultet dekanati tomonidan diplom va tashakurnomalar bilan taqdirlandi. Talabalar tomonidan bunday musoboqalar tez-tez bo‘lib turishi to‘g‘risida takliflar tushdilar.