TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

Adiblar xiyobonida milliy o‘yinlar

Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasi “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari kafedra katta o‘qituvchisi N.Markayev bilan birgalikda 2-may kuni 2024-yil Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali oldida, shoir ijodiga oid mushoira tashkil etildi. Shundan so‘ng, talabalarning milliy sog‘lomlashtiruvchi sport o‘yinlariga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi. Bunda talabalar o‘z kuchlarini tabiat qo‘ynida sinab ko‘rishdi.