TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2024

Xorijiy stajirovka davom etmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vengriyaning "Startup Campus Inkubator Zrt" kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va Yevropa mamlakatlarining xalqaro tajribasini o‘rganish maqsadida “Startup Campus”ning “InnoGen Youth Program” dasturi bo‘yicha imzolangan kelishuv asosida tashkil etilgan stajirovkada ishtirok etayotgan universitetning “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi tayanch doktoranti Dilmurod Akbarov, “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti Alisher Davirov va “Qishloq xo’jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi tayanch doktoranti Yunus Raximovlar Vengriyaning eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari hisoblangan Obuda universiteti hamda Mate qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universitetlarida bo‘lib, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi tomonidan erishilgan eng so‘nggi yutuqlar, ilmiy tadqiqot sohalari, ilmiy va o‘quv jarayonlari haqida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, tadqiqotchilar o‘zlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, erishilgan natijalar haqida taqdimotlar qilishdi. Tadqiqotchilarning ilmiy ishlari yuzasidan muhokamalar qilinib, zarur fikr va mulohazalar olindi. Shundan so‘ng sohalariga tegishli kafedra va bo‘limlardagi ilg‘or professor-tadqiqotchilar bilan ilmiy hamkorlikning kelajak rejalari kelishib olindi.