TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

Nazariy fizika va astrofizika boʻyicha xalqaro konferensiya

Bugun “TIQXMMI” MTU huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida ICTPA-2024 nazariy fizika va astrofizika boʻyicha xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.  Ushbu konferensiyani otkazishdan kozlangan maqsad Nazariy fizika va astrofizikaga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy hamjamiyat va xalqaro institutlar bilan aloqa ornatish va ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy natijalar bilan ortoqlashishdir.

Konferensiya oldidan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri orinbosari Otabek Mahkamov, unversitetimiz prorektori Abduhakim Salohiddinov, akademik  Qodir G'ulomov va bir qator хоrijlik nufuzli mehmonlar professorlar Rainer Spurzem, Medeu Abishevlar sozga chiqib konferensiyaning ahamiyati togrisida fikr bildirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qaroriga asosan "TIQXMMI" MTU huzurida Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti (FATI) tashkil etildiUshbu qaror doirasida FATIning asosiy vazifalari belgilandi va yangi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi o‘ttiz yil davomida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda mahalliy, mintaqaviy va xalqaro ilmiy hamjamiyatning e’tibori va yordami tufayli nazariy fizika, umumiy nisbiylik nazariyasi va relyativistik astrofizika bo’yicha ilmiy faoliyat olib boruvchi ilmiy guruhlar yaratildi va ular tomonidan katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu bois konferensiyaning maqsadlaridan biri Markaziy Osiyoda erishilgan ulkan yutuqlarni ta’kidlab, nazariy fizika va astrofizika bo‘yicha Yevropa va Janubiy/Sharqiy Osiyo hamda Markaziy Osiyo olimlarini jalb etgan holda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Germaniya, Chexiya, Italiya, Xitoy va Yevropadan yetuk olimlar ishtirok etishmoqda va jami ishtirokchilar soni 100 nafardan ziyod. Biz bunday tadbirni tashkil etish va Markaziy Osiyo, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yevropa mamlakatlaridan soha olimlarini konferenisiya doirasida jamlashdan juda xursandmiz.

ICTPA-2024 nazariy fizika va astrofizikaga ixtisoslashgan mahalliy va mintaqaviy olimlar va talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir. Konferensiyaning yana bir maqsadi - LIGO-VIRGO hamkorligi tomonidan gravitasion to'lqinlarini aniqlash, EHT (Event Horizon Telescope) tomonidan M87* va SgrA* supermassiv qora tuynuklar tasvirlari, GW 170817 obyektining kashf etilishi bilan bog’langan astronomiyadagi multimessenjer davri kabi so'nggi olamshumul kashfiyotlarning ahamiyatini muhokama qilish, shuningdek, Oʻrta Osiyoda bu sohadagi ilmiy faoliyat dinamikasini namoyish etishdir.

Konferentsiya ko'lami juda keng ekanligini va uning nazariy fizika, umumiy nisbiylik nazariyasi hamda relativistik astrofizika sohalarini o’z ichiga olganligini hisobga olib, tanlangan ma'ruzalar Springer tomonidan indekslangan Arabian Journal of Mathematics jurnalining maxsus sonida chop etilishi nazarda tutilgan.

UNIVERSITET MATBUOT  ХIZMATI