90 yillik yubiley va Xalqaro ilmiy konferensiya – "TIQXMMI MTU | 2025 yil 9–10 aprel

06.04.2025

null

🎓🌍 2025-yilgi Xalqaro Ilmiy Konferensiyaga qo‘shiling!

📅 Sana: 2025-yil 9–10 aprel
📍 Manzil: TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent shahri, O‘zbekiston

"TIQXMI" Milliy tadqiqot universiteti sizni universitetimizning 90 yilligiga bag‘ishlangan Tantana marosimi va“Globallashuv sharoitida ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilm-fanning rivoji: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga taklif etadi.

🚀 Asosiy yo‘nalishlar:

• Xalqaro diplomatlar va universitet rahbariyati ishtirokida ochilish marosimi
• Mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari va xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari
• Hamkorlikdagi ilmiy loyihalarning taqdimoti va anglashuv memorandumlarining imzolanishi

Konferensiyada quyidagi 7 ta mavzu yoritiladi:

Ø  Gidrotexnika va gidroenergetika inshootlarining samaradorligi va xavfsizligi

Ø  Iqlim o‘zgarishi davrida ekologik muammolar va ularning yechimlari

Ø  Qishloq xo‘jaligi va yashil infratuzilmaga oid texnik va texnologik yechimlar

Ø  Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish

Ø  Yer resurslari, tuproq unumdorligi va kadastr sohasida geofazoviy va matematik yechimlar

Ø  Global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligida melioratsiya va suv xo‘jaligi muammolari

Ø  Yashil iqtisodiyot asosida qishloq xo‘jaligi va irrigatsiyani rivojlantirish istiqbollari

🎤 Maxsus mehmonlar: Frantsiya, Xitoy, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan

📎 Tadbir dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
 https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/655a3ec8485440079f239f9988c48cc6.pdf