TIQXMMI yangiliklari

img
09.05.2024

Ustozlarga ehtirom - ezgu an’ana

“9- May-Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o‘qituvchi va murabbiylari birgalikda, shu kafedrada ko’p yillar samarali mehnat qilgan  ustozlarimizdan biri Botirxon Ibragimovning xonadoniga tashrif  buyurdik. Tashrif davomida ustozning holidan xabar olish chog‘ida, ularning bosib o‘tgan mazmunli umr yo‘li, sermahsul hayot tajribalariga boy  unutilmas tarixiy voqealar eslandi. Ustozga kafedra jamoasi nomidan bayram tabriklari yetkazildi.

Ustoz: - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va unda tahsil olayotgan hozirgi talaba-yoshlarning kelajagiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab duo qildilar. Bu maskan bizlarga eng yaqin do‘stlarni, oilamizdek bo‘lib ketgan yaqin insonlarimizni uchrashtirdi” deya o‘chmas xotiralarni so‘zlab berdilar. Tashrifdan  Botirxon ustoz xonadoni a’zolari juda xursand bo‘lib, barchaga o‘z minnatdorchiligini izhor qildilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi  M.Norqobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati