TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Ona-onalar bilan uchrashuv

Joriy yilning 4-may kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti jamoasi va talabalarining ota-onalari bilan bilan uchrashuv o’tkazildi. Unda “TIQXMMI” MTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Q.Choriyev, fakultet dekani X.Pirmatov, dekan o’rinbosarlari va tyutorlar hamda ota-onalar ishtirok etdilar. Unda fakultetda amalga oshirilgan ishlar hisoboti, talabalarning o’zlashtirishi, odob-axloq masalalari, kredit modul tizimi va yana bir qancha muhim masalalar haqida so’z bordi.

Uchrashuv davomida ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. O’quv yili davomida fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirgan, tadbirlar va jamoat ishlarida faol qatnashgan, yaxshi xulqi bilan boshqalarga o’rnak va na’muna bo’la olgan talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik sifatida tashakkurnomalar topshirildi. Uchrashuv yakunida ota-onalar universitet bo’ylab tanishuv sayohatiga taklif etildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati