TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Kitob - ilm olish manbaidir

Iqtidorli yoshlarning kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 7-may kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti talaba qizlari o’rtasida “Kitobxon ona-kitobxon-bola” shiori ostida “Kitob - ilm olish manbaidir” mavzusida suhbat tashkil etildi. Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknazarova tashabbusi bilan Fizika va kimyo kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tashkil etildi.

Ustozlar tomonidan talaba qizlarga bugungi kunda jamiyatda kitobning ahamiyati, maʼnaviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba ekanligi  bilan birga, ilm yulida kitobning naqadar ahamiyatli ekanligi hayotiy misollar bilan aytib o’tildi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan  maqsad, yoshlarning  tafakkurini shakllantirishga, dunyoqarashini kengaytirishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati