TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Anglash va anglatish sari yo‘l

Joriy yilning 27-aprel kuni "Yoshlar ijodiyot saroyi"da “Mutolaa” platformasining taqdimoti hamda “Qo`rqma” romani asosida ishlangan film premyerasi bo‘lib o`tdi. E'tiborli jihati shundaki, ushbu premyera Zoom dasturi orqali butun respublikamiz oliy ta`lim muassasalariga ulangan holda namoyish etildi. Jumladan,  bu premrera universitetimizning muhtasham saroyida talabalarimiz  juda katta qiziqsh bilan tomosha qilishdi va ular o`ziga bir  olam  taassurotlar olishdi.

Voqeylikka befarq bo‘lmaslik, ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish, ma‘rifatning tasirchan qurol ekanini anglatish ehtiyoji bilan tashkil etilgan ushbu ma`naviy loyiha aynan yoshlarning kelajakka umid va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga qaratilgan.  Shuningdek, Jadid ma'rifatparvarlarining g`oyalari bugungi kun bilan hamohang va uyg`un ekanligini anglatish ham maqsad qilingan.

Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligining  direktori Alisher Sa'dullayev va UzJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘z mulohazalarini da'vatkorona ruhda izhor qilishdi. O'tmish allomalarimizning ilm-ma'rifatga va kitob mutolaasiga da'vatlari ma'rifiy uyg‘onishga chorlash barobarida qimmatli bo‘ldi.

So‘ngra mazkur platformaning muallifi Sirojiddin Olimov loyihaning yaratilishi borasida ma'lumot berdi. Tadbir nihogasida esa "Qo‘rqma" filmi namoyish eildi.

 

Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi M. Yarbekova  axboroti

Universitet matbuot xizmati