TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

"Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan tadbir

"TIQXMMI" MTU " "Iqtisodiyot" fakulteti "Ingliz tili" kafedrasi mudiri Baxtijon Isroilova, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul Nargiza Yuldashova rahbarligida, kafedra o'qituvchilari Dildora Teshayeva, Eleonora Baxitjanova, Feruz Karimov tomonidan 1-bosqich iqtidorli talabalari bilan 9 - may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati ila fakultet faollar zalida "Xotira - aziz, qadr - muqaddas" mavzusida badiiy kecha tashkillashtirildi.

Tadbirda urush qatnashchilari xotirlandi, vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etildi, urush holati va urush ortidagi aziyatlar sahna ko'rinishlari orqali namoyish etildi.

Bu tadbirning o'ziga xos jihati shundaki, barcha tadbirdagi chiqish va namoyishlar ingliz tilida tashkillashtirilgan, tashkilotchi va ijrochilar uchun ikki karra mas'uliyatni anglatadi va xorijiy tilda muloqotni shakllantiradi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi N.Yuldashova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati