TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Xotira – bor ekan, millat barhayot

Аbdulla Oripov oʼzbek adabiyotini yangi bosqichga koʼtargan noyob isteʼdod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy sheʼrlari xalqimizning koʼnglidan joy olgan.

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute” Milliy  tadqiqot universitetining    Xotin - qizlar qo'mitasi  raisi Z.Ismoilovna, "Yer resurslari va kadastr” fakulteti xotin-qizlar  masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va  Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova  tashabbusi  asosida  9 - may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan  O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov   xonadonlariga universitetimiz rahbariyati tashabbusi bilan tashrif buyurishdi.

Faollar bayram bilan tabriklab, xonadon sohibasi Hanifa aya bilan shoirning bosib o'tgan shonli yo'li haqida dildan suhbat qurdilar.

Bugungi kunda Abdulla Oripovning ijodiga qiziqmagan yoshlarimiz yo’q. Shoirning xonadoniga tashrif buyurganlar adib  to'g'risida o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga O`zbekiston Respublikasi xalq shoiri, madhuyamiz asoschisi va yozuvchi Abdulla Oripovning rafiqasi Xanifa Oripovadan javoblar olishdi.

Ushbu tashrifdan xonadon sohibasi Hanifa aya juda mamnun bo`lib, universitet rahbariyatiga va jamoasiga o`z minnatdorchiligini bildirib o`tdi.

Universitet matbuot xizmati