TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Xamidjonov Sarvar Qahhorovich Michigan Shtati Universiteti diplomi bilan taqdirlandi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Michigan Shtat Universiteti qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchisi Xamidjonov Sarvar Qahhorovich Michigan Shtati Universiteti diplomi bilan taqdirlandi. 2024 yil 3 may kuni Sarvar Xamidjanov Michigan Shtati Universitetining Geografiya, Atrof-Muhit va Fazoviy fanlar kafedrasida 1.5 yil davom etgan magistratura bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

U “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti EkoGIS markazi rahbari Alim Pulatov hamda Michigan Shtati universitetining Geografiya, Atrof-Muhit va Fazoviy fanlar kafedrasi professori Jiaguo Qi rahbarligida "Toshkent viloyati O‘rta chirchiq tumani misolida qurg‘oqchil muhitda resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi uchun geofazoviy texnologiyalar" mavzusida ilmiy ishini himoya qildi.

Sarvar Xamidjonov universitet tomonidan tashkillashtirilgan bitiruv marosimida Michigan Shtat Universitet Prezidenti Kevin Guskiewicz tomonidan maxsus bitiruv diplomi bilan taqdirlandi. Ma’lumot o‘rnida: Michigan Shtati universiteti 1855 yil tashkil etilgan bo‘lib, QS dunyo universitetlari reytingida #116 pog‘onada turadi.