TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Tozalik - iymondan

Bugun “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli  3- talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Talaba yigitlar  bilan bilan oshxonada tozalik qanday bo‘lishi kerakligi haqida suhbatlashdik. Bu borada birinchi o‘rinda oshxona jihozlari tozaligiga e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi. Sovutgichlar tozaligi, elektr plitalar, qozon – tovoqlar tozaligi muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, ovqat pishirishda har bitta sabzavotlarni qozonga solishdan oldin uni yaxshilab yuvish kerakligi tushuntirildi.

Sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish sog‘lom turmush poydevoridir. Mana, deyarli bir yildan buyon ota-onalari bag‘ridan chiqib kelgan talaba- yoshlarimiz mustaqil hayotga ancha ko‘nikib qolishganini ko‘ryapmiz. Yotoqxona tarbiyachi-pedagoglari bilan birgalikda doim talabalarimizga kerakli maslahatlarimizni berib boramiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati