TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot universiteti jamoasi WERISE Business akseleratori g‘olibi bo‘ldi

The Stirling Foundation (AQSh) fondi hamda O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida WERISE Business Accelerator innovatsion startap loyihalar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ikki hafta davomida FinTech,EdTech, Cleantech, yo‘nalishlarida innovatsion loyihalar ko‘rib chiqildi.

25 aprel kuni barcha tanlov ishtirokchilari uchun xalqaro investorlar bilan uchrashuv tashkil etildi, unda universitetimiz xodimi Ozodov E’zoz hamda “TIQXMMI” MTU qoshidagi International house Tashkent akademik litseyi talabasi Baxtiyarov Diyor jamoasi tomonidan taqdim etilgan “Horizont” loyihasi eng yaxshi loyihalardan biri deb topildi va ushbu biznes akselerator g‘olibi bo‘ldi 10 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.