TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Muhandislik sohasidagi xorijiy tajriba

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasiga qo‘shma ta’lim dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasining Qo'rkut ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti “Arxitektura va qurilish sanoati” kafedrasi mudiri   t.f.n. Jakapbayeva Gulnoz Absadikovna 22–30 aprel kunlari 30 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida unversitetimizning “Suv xo‘jaligi melioratsiya” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan “AutoCAD dasturida 3D loyihalash paneli bilan ishlash” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti 2024-yil 26-aprel kuni o‘tkazildi. Ma’ruza davomida muhandislik kompyuter grafikasi fanida qo‘llanilayotgan AutoCAD dasturining 3D modellar bilan ishlash imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.

Dars jarayonida xorijiy tajribalar yuzasidan Kanada firmasining o‘quv dasturi bo‘yicha tayyorlangan materiallardan foydalanildi. Universitetimiz talabalari tomonidan berilgan savollarga amaliyot jarayoni orqali javob berildi. Hamkorlik doirasida kafedraga qarashli bo‘lgan “Edu Graphics” innovatsion laboraturiya bilan tanishildi va tegishli tavsiyalar berildi. Qozog‘iston Respublikasi Qo'rkut ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti “Arxitektura va qurilish sanoati” kafedrasi mudiri t.f.n. Jakapbayeva Gulnoz Absadikovna bilan “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy va metodik hamkorlik bo‘yicha kelajakda qilinadigan ishlar rejalashtirib olindi.

“Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi assistenti B.S. Ismatov axboroti

Universitet matbuot xizmati