TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

“InnoGen Youth Program” dasturi bo‘yicha stajirovka

2023-yilning 26-27-iyul kunlari Vengriyada bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vengriyaning "Startup Campus Inkubator Zrt" kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va Yevropa mamlakatlarining xalqaro tajribasini o‘rganish maqsadida “Startup Campus”ning “InnoGen Youth Program” dasturi bo‘yicha imzolangan kelishuv asosida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra universitetning “Qishloq xo’jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi 2-kurs tayanch doktoranti Raximov Yunus, “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti Davirov Alisher va “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi tayanch doktoranti Akbarov Dilmurod 2024-yilning 5-20 may kunlari Vengriya davlatining Budapesht shahrida stajirovka o‘tashmoqda.