TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2024

Hilton mehmonxonasida Vengriya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

Poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida Vengriya  Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda “TIQXMMI” rahbariyati ham ishtirok etdi. O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik yangi metodika va texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvi yo‘nalishlarida rivojlanib kelmoqda. Uchrashuv davomida akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ta’lim materiallarini o‘zlashtirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.