TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2024

“Eko zakovat” o’yinlari taqdirlash marosimi o’tkazildi

Joriy yilning 23-aprel kuni “Ekologiya va huquq” fakultetida “Eko-zakovat” o’yinlari o’tkazilgan edi. Unda 9 ta jamoada 50 ga yaqin talabalar ishtirok etib g’olib va sovrindorlar aniqlangan edi. 27-aprel kuni mazkur o’yinning taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Unda g’oliblarga diplom va estalik sovg’alari hamda fakultetning ko’chma kubogi ham topshirildi. Mazkur o’yinlar har hafta davomli bo’lishi va ishtirokchilar qamrovini yanada kengaytirishga kelishib olindi.

 

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov axboroti

 

Universitet matbuot xizmati