TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2024

“Salomatlik - eng muhim omil”

2024 yil 27 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar kengashi aʼzolari, 2-Talabalar turar joyida talaba-qizlar ishtirokida “Salomatlik - eng muhim omil” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Sh.Abduraxmonova,  S.Mannopovalar so‘zga chiqib, sog‘lom turmush tarzi-inson turmush sharoitlarini faollashtirish usuli bo‘lib, kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish, sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigiyenik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o‘zini tuta bilish  bo‘yicha talaba-qizlarga ma’lumot berdilar. Tadbir so‘nggida kelgusida ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati