TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2024

Ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi

“Gidromelioratsiya” fakultetida talabalarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy va jamoaviy ishlardagi ishtirokini ota-onalarga tanishtirish maqsadida 27 aprel kuni ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur majlisda Universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev fakultet dekani J.Ishchanov dekan muovinlari va tyutorlar hamda barcha kurs talabalarining ota-onalari ishtirok etdi. Majlisda o‘quv yili davomida umuman dars qoldirmagan, fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan, namunali xulqi, odobi, va universitet ishlarida o‘zining faolligi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

Surunkali dars qoldiruvchi, muntazam darslarga kech qoluvchi va o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalarning ota-onalariga ham farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tashkil etilgan bunday ota-onalar yig‘ilishi talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, jamoa ishlarida faolligi, tartib-intizomga rioya qilishi, a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi uchun ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga fakultet rahbariyati hamda ota-onalar o‘rtasida hamkorlik vujudga keladi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev

Universitet matbuot xizmati