TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2024

Ota-onalar bilan maznundor muloqot

2024 - yilning 27 - aprel kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.K.Choriyev, universitet proflaktika inspektori mayor A.R.Ubaydullaev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda fakultetda tahsil olayotgan talabalarning 100 nafarga yaqin ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda R.K.Choriyev so‘zga chiqib, ota-onalarni farzandlarining o‘qishlari uchun aynan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetini tanlaganliklari bilan tabriklab o‘tdi. Keyin universitetimizda talab-yoshlarning bilim olishlari, ularning talabalar turar joylarida yashashlari, sport to‘garaklariga ishtirok etishi, xorijiy tillarni o‘rganishlari, kompyuter texnologiyalarida ishlashni o‘rganish, axborot resurs markazida dars qilishlari va madaniyat saroyida mavjud to‘garaklarda ishtirok etishlari uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi.

Fakultet dekan o‘rinbosari A.I.Azimov fakultetda talabalarga ta’lim berayotgan jamoa to‘g‘risida va o‘qish jarayoni haqida ota-onalarga ma’lumot berib o‘tdi. Uchrashuvda o‘quv yili davomida fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan, odob-axloqi, xulqi namunali, fakultet, universitet hamda jaoat ishlarida o‘zining faolligi bilan ajralib turgan birga ta’lim oladigan kursdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi va universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar berildi. Surunkali dars qoldiruvchi, muntazam darslarga kech qoluvchi va o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalarning ota-onalariga ham farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tashkil etilgan bunday ota-onalar yig‘ilishi talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, jamoa ishlarida faolligi, tartib-intizomga rioya qilishi, a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi uchun ijobiy ta’sir qiladi. Shundan so‘ng ota-onalarga universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish uchun ularni “Axborot resur markazi”, “Laboratoriya binolari”, “Sport majmuasi” va “Talabalar turar joylari” ga taklif qilindi. Uchrashuv yakunida universitetdagi yaratilgan sharoit va qulayliklar, farzandlarining ta’lim olish uchun berilayotgan imtiyozlar uchun ota-onalar tomonidan universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirildi.

“GTQ” fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati