TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2024

Erta turmushning oldini olish

Joriy yilning 26-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Gidrotexnika qurilishi" hamda “Ekologiya va huquq” fakultetlarining Xotin - qizlar Kengashi hamkorligida “Erta turmushning oldini olish” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirga Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani adliya bo’limi “FHDY” bo’limi mudirasi S.S.Ismailova tashrif buyurdi.

S.Ismailova Oila–hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanligi haqida gapirib, erta turmushning salbiy oqibatlari bo’yicha tushuncha berdi. Talaba qizlar bilan davra suhbatini juda qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda o’tdi.  

“Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, “Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminovalar  axboroti 

Universitet matbuot xizmati