E'lonlar

08.05.2024

“O‘zdavyerloyiha-DILI” nomli stipendiyasi ta’sis etildi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakulteti 3 va 4-kurs talabalari uchun 2024-2025 o'quv yilidan boshlab “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining  “O‘zdavyerloyiha-DILI” nomli stipendiyasi ta’sis etildi. Jami 10 nafar fakultet talabalari mazkur stipendiyani 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab tanlov asosida olishlari mumkin bo‘ladi. Stipendiyalarni tayinlash o‘quv yili natijalariga ko‘ra, nomzodning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari, ilmiy-tadqiqot, ilmiy to‘garaklar, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtiroki hamda tashkilotchilik faoliyatini hisobga olgan holda har bir o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 99 982 91 39 raqami orqali yoki universitetning 5-bino 205-xonasidan olishingiz mumkin.