Yoshlar ittifoqi


Boshlang'ich tashkilot yetakchisi

Fayzullayev Behzod Shahzod o‘g‘li

Теl.+99899-528-20-04

Email: BekFayzullayev16@gmail.com


Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi Fayzullayev Behzod Shahzod o‘g‘li. 2004-yil 9-Mayda Toshkent viloyati To‘ytepa shahrida tavallud topgan. 2016-2017-yillarda “Ingliz tili” va “Adabiyot” fanlaridan respublika olimpiyadalaridan faxtli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2018-2021- yil Qorasuv shahridagi 72-Iqtisoslashtirilgan DUM da maktab sardori bo‘lgan. 2019-yillarda “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlar olgan.  2021-yildan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot unversiteti  “Ekologiya va Huquq” fakultetining 1- bosqichiga oʻqishga qabul qilingan. 2022-yilda Universitet “Abdulla Oripov stipendiyasi”ni qo‘lga kiritgan 2023-yilda bir qator faol talabalar bilan “Students’ Union” tashkilotiga asos solgan. 2025-yil 15-yanvardan to hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi, universitet rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.


Boshlang‘ich tashkilotning maqsadi

o   Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ulami ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash,

o   Iqtidorli yoshlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.


Boshlang‘ich tashkilotning vazifalari 

o   Oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar tayyorlash;

o  Ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo'lgan talaba-yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan talaba-yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

o  Talaba-yoshlami ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ulaming ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlami chuqur singdirish;

o  Talaba yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;


Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashi:

o    Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashga Ittifoqining Oliy ta’lim muassasasidagi Boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi. Yoshlar Kengashi tarkibiga egallab turgan lavozimlariga muvofiq:

o    Rektorning yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining unversitetdagi Boshlang’ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi;

o    Intellektual loyihalar koordinatori;

o    Besh tashabbus loyihalari koordinatori;

o    Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;

o    Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;

o    “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori;

o    Talaba qizlar koordinatori;

o    Fakultetlar koordinatorlari kiradi.


Yoshlar yetakchisi quyidagi vazifalarni bajaradi: 

o    Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;

o    Boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi,

o    Fakultetlar Yoshlar Kengashlari va guruhlar yoshlar yetakchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi, tizimdagi barcha yetakchilar faoliyatiga uslubiy ko'mak ko'rsatadi,  a’zolarning, talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi;

o    Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang'ich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi;

o    Oliy ta'lim muassasasi talaba-yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi;

o    Boshlang'ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi;

o    Yuqori tashkilotlar va Oliy ta'lim muassasasi rahbariga boshlang‘ich tashkilot faoliyati yuzasidan so'ralgan ma'lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etib boradi;

o    Boshlang‘ich tashkilot uchun belgilangan nomeklatura asosida ish yuritadi, yuqori tashkilotlar rahbarlari va Oliy ta’lim muassasasi rektori topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;