TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2024

Kitob eng yaxshi do’st

Joriy yilning 3-may kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutorlari boshchiligida 1- talabalar turar joyida talabalar o'rtasida "Mushoira kechasi" o‘tkazildi. Talabalar o'z  o'qigan kitoblaridan olgan xulosalarini yig'ilish ishtirokchilariga birma-bir bayon qilib berishdi. Mushoira kechasida talabalarimiz o'z sevgan adiblari yozgan nazmiy asarlardan namunalar keltirib, yoddan ifodali tarzda she'rlar  o'qib berishdi. Kitob inson tafakkurining rivojlanishida asosiy rol o'ynaydigan asosiy omillardan biridir. Shunday ekan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitobning o'rni beqiyos ekani haqida, talaba yoshlarning qalbida kitobga mehr-muhabbat uyg‘otish biz ota-onalar va pedagoglarning burchidir. 


Tadbirda D. Xursandova kitob o'qishning foydasi haqida yig'ilish ishtirokchilariga qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Xususan: kitob o'qiydigan insonlar hayotda faol bo'lishi, mutolaa xotirani kuchaytirishi, fikrlash qobiliyatini yaxshilashi, soz boyligini oshirishini, yozuvchilik qobiliyatini rivojlantirishini, chet tilini o'rganishni osonlashtirishini, tinglash qobiliyatini, ijodkorlik qobiliyatini oshirishi haqida gapirib o‘tdi. O'tkazilgan mushoiradan yig'ilish ishtirokchilari o'zlari uchun manfaatli bo'lgan qiziqarli ma'lumotlarga ega bolishgan holda, tadbir ko'tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetkazildi.

“Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutorilar  D. Xursandova va X.Saidovalar axboroti  

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati