“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 90 yilligiga bag’ishlangan “Globallashuv sharoitida ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilm-fanning rivoji: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya

09.04.2025

O’zbekiston Resbublikasi, Toshkent shahar Qori Niyoziy ko'chasi, 39, 100000

AXBOROT XATI

2025-yilning 9-10 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 90 yilligiga bag’ishlangan “Globallashuv sharoitida ixtisoslashgan oliy taʼlim va ilm-fanning rivoji: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasiga maqolalar qabul qilish boshlandi.

 

Konferensiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

·  Gidrotexnika va gidroenergetika inshootlarining samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni muhokama qilish;

·  Iqlim oʻzgarishi sharoitida ekologik muammolar va ularning ilmiy-amaliy yechimlarini oʻrganish;

·  Qishloq xoʻjaligi va yashil infratuzilmani rivojlantirishda zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilish;

·  Energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi ilmiy tahlillar va innovatsion yechimlarni taqdim etish. 

·  Yer resurslarini boshqarish, tuproq unumdorligini oshirish va kadastr faoliyatini samarali tashkil etishda matematik modellashtirish hamda geodezik va kartografik usullardan foydalanishni takomillashtirish. 

·  Global iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi sharoitida suv xoʻjaligi va melioratsiya sohasining dolzarb muammolari hamda ularning innovatsion yechimlarini muhokama qilish. 

·  Qishloq va suv xoʻjaligi, irrigatsiya sohalarini rivojlantirish va mexanizatsiyalash darajasini oshirishda yashil iqtisodiyot platformasidan samarali foydalanish istiqbollarini belgilab berish. 

·  Fan va amaliyot oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish, sohalar boʻyicha xalqaro va mahalliy ilmiy aloqalarni mustahkamlash. 

·  Konferensiya ishtirokchilari oʻrtasida tajriba almashish uchun platforma yaratish va yangi ilmiy gʻoyalar muhokamasini tashkil etish. 

·  Gidrotexnika, qishloq xoʻjaligi, yer resurslari va ekologiya sohalarida fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish. 

 

Tadbir “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti («TIQXMMI» MTU) tomonidan quyidagi hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda:

Ø  Budapesht iqtisodiyot va texnologiya universiteti, Vengriya;

Ø  Obuda universiteti, Vengriya;

Ø  Nyiregyxaza universiteti, Vengriya;

Ø  Chexiya tabiiy fanlar universiteti Praga, Chexiya;

Ø  Plovdiv qishloq xo‘jaligi universiteti, Bolgariya;

Ø  Shimoliy universitet, Xorvatiya;

Ø  Yevroosiyo-Tinch okeani Uninet, Avstriya;

Ø  Salzburgdagi Paris-Lodron universiteti, Avstriya;

Ø  Lund universiteti, Shvetsiya.

 

Konferensiya homiylari:

Ø  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, O‘zbekiston.

Ø  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston.

 

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

  1. gidrotexnika va gidroenergetika inshootlari samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligi;
  2. iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik muammolar va ularning yechimlari;
  3. qishloq xo‘jaligi va yashil infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan texnika va texnologiyalarning ilmiy yechimlari;
  4. energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish muammolari;
  5. yer resurslarini boshqarish, tuproq unumdorligini oshirish va kadastr faoliyatini samarali tashkil etishda matematik modellashtirish hamda geodezik, kartografik ta’minoti asosida soha muammolarining geofazoviy yechimlari;
  6. global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasining dolzarb muammolari va ularning innovatsion yechimlari;
  7. qishloq va suv xo‘jaligi, irrigatsiya sohalarini rivojlantirish, mexanizatsiyalash darajasini oshirishda yashil iqtisodiyot platformasidan foydalanish istiqbollari.

Konferensiya hay’ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Konferensiyada ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan ishtirok etish mumkin. Ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilib, taqrizdan o‘tgan va konferensiyaga qabul qilinadi va nashr etiladi.

Konferensiyada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar poster yoki taqdimot (prezentatsiya) uchun ilmiy maqolalarini topshirishga taklif qilamiz. Konferensiya ilmiy kengashi qatnashchilarining ilmiy maqolalarini taqrizdan o‘tkazish orqali tanlab oladi va taqdimot uchun tavsiya qiladi.

Ushbu axborot xatini konferensiya mavzulari bo‘yicha qiziqqan barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so‘rab qolamiz.

Konferensiya bilan bog’liq asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish – 2025 yil 15 martgacha

Maqola qabul qilinganligini tasdiqlash – 2025 yil 20 martgacha

Konferensiya o‘tkazilishi – 2025 yil 9-10 aprel

Konferensiyasiga oid barcha to‘liq ma’lumotlarni konferensiyaning quyidagi rasmiy sahifasi orqali olishingiz mumkin:

https://tiiame.uz/conferences?id=20

Mazkur konferensiya onlayn hamda oflayn tarzda o‘tkaziladi. “TIQXMMI” MTUda konferensiyada oflayn tarzda shaxsan ishtirok etish uchun konferensiya tashkilotchilariga bog’lanishingizni so‘raymiz.

MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Muhim ko‘rsatmalar

Maqolani tayyorlashda quyidagi asosiy ko‘rsatmalarga amal qiling.

Barcha maqolalar konferensiya doirasiga mos kelishi kerak.

Konferensiyaga bitta muallif ikkidan ortiq maqola taqdim etmasligi kerak. Bunga ular hammualliflik qilgan maqolalar ham kiradi.

Maqola formati

·         Hamma tomondan — 2 sm;

·         Maqola shrifti — Times Nev Roman, kegel 12

·         Maqola nomi — bosh harflar bilan, yo‘g‘on shriftda, markazlashtirilgan holda, 12 so‘zdan oshmasligi

·         Qator oralari intervali — bir; Matn bo‘yicha abzas — 1 sm;  

·         Maqola lotin tilida yoziladi (agar o‘zbek tilida bo‘lsa); UO‘T,  chap tomonga tekislangan;

·         Muallifning  F.I.Sh to‘liq kursiv, markazlashtirilgan; Ilmiy darajasi, unvoni va lavozimi; elektron manzili; Tashkilot nomi to‘liq; Annotatsiya; Kalit so‘zlar; Ushbu ma’lumotlar maqola (ingliz, rus, o‘zbek) tillarda ham; Shundan so‘ng maqola matni; Adabiyotlar ro‘yxati;

 

Maqola tarkibi

· Maqola muallif(lar)i va tashkilot(lar) nom(lar)ini o‘z ichiga oladi (to‘liq manzil, shu jumladan mamlakat).

· Barcha maqolalarda annotatsiya bo‘lishi kerak.

· Barcha raqamlar va jadvallar to‘g’ri tartibda raqamlangan bo‘lishi kerak. Iltimos, rasm/jadval raqamlari takrorlanmasligi yoki o‘tkazib yuborilmasligiga ishonch hosil qiling.

· Rasmlar o‘qilish uchun yetarli darajada tiniq bo‘lishi va matn ichida joylashtirilishi lozim, matn oxiriga ilova kabi qo‘yilmaydi.

· Agar bo‘lim sarlavhalari raqamlangan bo‘lsa, ular sonli raqamlanganligiga ishonch hosil qiling va hech qanday raqamlar takrorlanmasligi yoki yetishmayotganligiga ishonch hosil qiling.

· Ko‘rsatilgan tenglamalar nomlash qoidalariga amal qilishi kerak, ya'ni (1), (2), (3) va hokazo bo‘limlar bo‘yicha, ya'ni (1.1), (1.2) va hokazo. Har bir ko‘rsatilgan tenglama o‘z raqamiga ega va birortasi takrorlanmagan va barchasi mavjudligiga ishonch hosil qiling.

· Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining to‘g'riligi tekshiriladi. Ma'lumotnomalar faqat to‘g'ri va to‘liq bo‘lsa, CrossRef orqali bog'lanishi mumkin.

· Agar adabiyotlar raqamlansa (Garvard tizimi), har bir adabiyot o‘z raqamiga ega va hech qanday raqam takrorlanmaydi yoki yo‘qolmaydi.

· Matnda barcha havolalar keltirilishi va barcha iqtiboslar tegishli havolaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.

· Eng asosiysi, maqola ingliz tili standarti bo‘yicha hamda matnning aniq va ixcham bo‘lishini ta'minlash uchun maqola to‘liq tekshirilganligiga ishonch hosil qiling.

· Har bir bo‘limni aniqlash uchun quyidagilardan foydalangan holda maqolani tuzing: Kirish, Maqsad, Usullar, Natijalar va Xulosa.

§ Kirish/dolzarbligi

§ Maqsad/vazifalar

§ Metodologiya

§ Natijalar

§ Xulosalar

Originallik

 

Taqdim etilgan maqolalar mualliflarning o‘z so‘zlari bilan ifodalangan ishi bo‘lishi kerak. Plagiat boshqalarning g'oyalarini havolasiz ishlatishdan tortib, matn qismlarini boshqa manbalardan nusxalash (yetarlicha atributsiz yoki qo‘shtirnoqsiz) va "yangi" mualliflik ostida to‘liq maqola taqdim etishgacha hisoblanad. O‘xshashlik darajasi 30 foizdan yuqori bo‘lgan maqolalar rad etiladi.

TAQRIZDAN O‘TKAZISH JARAYONI

Tashkiliy qo‘mita har bir maqolani mustaqil taqrizchiga, maqola mavzusi bo‘yicha tegishli ekspertga yuboradi.

Shunday qilib, har bir maqola mustaqil ekspert tomonidan quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:

1.    Konferensiya yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi.

2.    Ilmiy-texnik originallik, potensial ta'sir va o‘quvchilar uchun qiziq bo‘lishi.

3.    Ilmiy-texnik mazmuni, yangiligi va ahamiyati.

4.    Taqdimot sifati, mazmunining ravshanligi.

5.    Barcha mualliflar uchun sharhlar taqrizchilar tomonidan beriladi.

6.    Taqrizchilar maqola mavzusi bilan tanishligini ko‘rsatadilar, maqolani yuqorida ko‘rsatilgan mezonlar bo‘yicha baholaydilar. Tashkiliy qo‘mita qaysi maqolalar qabul qilinishini hal qiladi. Ammo yakuniy qarorni nashriyotchi qabul qiladi.

 

MAQOLALARNI YUBORISH

1) Maqolangizni quyidagi manzilga yuboring: conference90@tiiame.uz

2) Konferensiya kengashi tasdiqini kuting.

Taqdim etilgan maqolalar maxsus plagiat dasturida tekshiriladi va har qanday etik qoidabuzarlik jiddiy ko‘rib chiqiladi. O‘xshashlik darajasi 30 foizdan yuqori bo‘lgan maqolalar rad etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish, to‘lovlarni amalga oshirish, konferensiya dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo‘yicha ma’lumotlar zarur bo‘lsa, konferensiya tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qiling.

Sizni Xalqaro konferensiyada kutib qolamiz!

Konferensiya koordinatori:

Shuxrat Shokirov, shokirov@tiiame.uz

Konferensiya kotiblari:

Zoir Abdurahmonov, z.abdurahmonov@tiiame.uz

Tel .: +998 99 871 91 49 (telegram mavjud)

 

Nozimjon Teshayev, n.teshayev@tiiame.uz

Теl.: +998 99 558 50 25 (telegram mavjud)

 

Manzil: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU). Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON