“Murakkab muammolar bilan yuzlashayotgan zamonaviy ta’lim va psixologiya: Shaxsiy rivojlanishga ta’sir etuvchi sinergetik yondashuv muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga barchangizni taklif qilamiz!

15.04.2025

O’zbekiston Resbublikasi, Toshkent shahar Qori Niyoziy ko'chasi, 39, 100000

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42- sonli qarorining 3-ilovasi 19-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda 2025-yil 15-aprel kuni o‘tkaziladigan “Murakkab muammolar bilan yuzlashayotgan zamonaviy ta’lim va psixologiya: Shaxsiy rivojlanishga ta’sir etuvchi sinergetik yondashuv muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga barchangizni taklif qilamiz! 


Anjuman oʻtkazilish joyi va vaqti: 2025-yil 15-aprel kuni, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (online va offline formatda). 

Anjumanga maqolalar qabulining soʻnggi kuni: 2025-yil 10-aprel. 

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.


Anjumanning maqsadi: Respublikamizda pedagogik va psixologik ta’lim samaradorligini oshirish bunda sohaga sinergetik yondashuvni keng joriy etish shuningdek, metodologik tizimlaridan ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanish va buning natijasida VR va AR texnologiyalarini tadbiq etish va fan va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bilan bog‘liq muammolar, yechimlar, ixtirolar, tadqiqodlar, izlanishlar, olib borilayotgan an’anaviy ilmiy-amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda jahonda rivojlanib borayotgan zamonaviy va noan’anaviy ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishish, raqamli texnologiyalarni pedagogik ta’lim sifatini yaxshilashdagi samaradorligini oshirish va pedagogik ta’limni modernizatsiyalashda innovatsion yondashishda moliyaviy iqtisodiy jihatlar bilan bog‘liqlikning nazariy va uslubiy asoslarini yaratish, fan, ta’lim va amaliyotni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish.


ANJUMAN TASHKILOTCHILARI

 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI  O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI 

 “TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI 

 AKADEMIK A.KUATBEKOV NOMIDAGI XALQLAR DO‘STLIGI UNIVERSITETI 

 OZARBAYJON DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI  QOZON FEDERAL UNIVERSITETI 

 ABAY NOMIDAGI QOZOQ MILLIY PEDAGOGIKA UNIVERSITETI  AL-FAROBIY NOMIDAGI QOZOQ MILLIY UNIVERSITETI 

 JUSTUS LIEBIG NOMIDAGI GIESSEN UNIVERSITETI (GERMANIYA)  MARMARA UNIVERSITETI (TURKIYA) 

 “TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI PROFESSIONAL TA’LIM KAFEDRASI  “SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI


ANJUMANNING ILMIY YO‘NALISHLARI 

1. Hozirgi kundagi pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitilishini sifati va samaradorligini kuchaytirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni samaradorligini ochishga qaratilayotgan, kutilayotgan muammolar; 

2. Raqamli texnologiyalarni zamonaviy ta’lim jarayoniga qo‘llash va ularni o‘zaro integratsiyalashning yechimlari; 

3. Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogika va psixologiya tizimlaridan foydalanish va o‘quv jarayonida interaktiv metodlarni qo‘llash va ishlab chiqish istiqbollariga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganish, takomillashtirish bo‘yicha tizimlarni o‘rganish; 

4. Ishlab chiqarishni takomillashtirish bo‘yicha yechimlar topish, samaradorligini oshirish va tavsiyalar ishlab chiqish. muammolarni aniqlash va asoslash; 5. Bugungi kunda pedagogika va psixologiya fanlarini oliy ta’limda o‘qitish jarayonida shaxsiy rivojlanishga ta’sir etuvchi sinergetik yondashuv muammolari pedagogik ta’lim tizimlaridan masofaviy ta’limda foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari va talabalarning mustaqil tarzda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi rolini manbalarda aks etishi.


RO‘YXATDAN O‘TISH VA ANJUMAN MATERIALLARINI TAQDIM ETISH

 Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar 2025-yil 10-aprelga qadar Feruza Ollamurodova (+998 933549654) @Science_maqola24 telegramm profili orqali qabul qilinadi. 

Xorijlik mualliflar maqolalari info@scientists.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Har bir maqola va tezis uchun mahalliy ishtirokchilardan 200 000 so‘m, xorijlik ishtirokchilar uchun bepul. 

Mualliflardan 9860040104873951 (Raxmatullayeva Gulirano) plastik kartasiga to‘lov amalga oshiriladi. 

To‘lovdan keyin chekni yuborishingizni so‘raymiz.


ANJUMAN MATERIALLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR 

Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak. Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar: 

 Annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim (uch tilda);

 Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak; 

 Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlcham, 1,15 intervalda va 3-6 betdan iborat bo‘lishi lozim.


ANJUMAN MATERIALLARINING INDEKSLANISHI 

Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire xalqaro bazalariga, ilmiyanjumanlar.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi. Har bir maqola uchun alohida DOI raqam olinadi. Har bir muallifga elektron shaklda sertifikat, indekslanganlik ma’lumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. 

Konferensiya materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.


 TASHKILIY QO‘MITA MANZILI Manzil: Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko'chasi, 39.