TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

O'zbek oilasi - ma'naviyat, ma'rifat qo'rg'oni

Joriy yilning 3- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova mas'ulligida 15- may- "Xalqaro oila kuni" ga bag'ishlab va "Milliy qadriyatlar e’zozi" "Milliy liboslar"ga nisbatan talaba qizlarimizni qalblarida buyuk muhabbat uygo'tish maqsadida "Nafosat" ko'rik-tanlovi o'tkazdilar. Tadbirni fakultet ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Turdiyev ocha turib, qizlarimizga omadlar tiladilar. Ko'rik – tanlovda fakultetning iqtidorli talaba qizlari  3 ta shart  bo'yicha o'zaro bellashdilar. 1- Tanishtiruv sharti ; 2- "Alla" aytish; 3- Erkin mavzu( "Milliy qadriyatlarimizni" targ'ib qilish ruhida).

Ko'rik - tanlov hay'at raisi "Ingliz tili" kafedrasi mudiri Isroilova Baxtijon Bahromjon qizi. Hay'at a'zolari: "Ingliz tili" kafedrasi katta o'qituvchilari Umarova Feruza, Xolmurodova E'zozalar ishtirokchilarni adolatli baholab bordilar. Ko'rik-tanlov yakunida hay'at raisi Isroilova Baxtijon so'zga chiqib, jumladan shunday dedilar _"Tanlovni o'zi chiroyli "Nafosat" aslida har bitta qizlarimiz  Nafosat timsoli. Qizlarimizni omma oldida o'z qobiliyatini, mahoratlarini namoyon etishi o'zi katta jasorat, aslida ko'rik-tanlovni barcha ishtirokchi qizlarni g'olib desak bo'ladi barcha ishtirokchi qizlarimiz shartlarni bor mahoratlari bilan chiroyli bajarishga harak qilishdi deb takidladilar.

Shundan so'ng Ko'rik-tanlov g'oliblari e'lon qilindi. 3- o’rin sohibasi Saidazimova Ominaxon ; 2-o'rin sohibasi Abdumajidova Feruza; 1- o'ringa esa fakultet "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi 208-guruh talabasi Ismoilova Umida Voxidjonovna loyiq deb topildi. G'oliblarimizga fakultet rahbariyati tomonidan DIPLOM, esdalik sovg'alari topshirildi. Ko'rik - tanlovdan kutilgan natijaga erishildi

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati