TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Soha mutahassislari bilan uchrashuv

Ekologiya va huquq” fakulteti «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish» kafedrasi dotsenti M.Abdukadirova tomonidan 60812900- “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 304-guruh talabalari mutaxassisligi bo‘yicha talabalar bilan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekistan Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Ichimlik va oqova suv tizimlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Durxodjaev Djamshidxodja Fayzullaevich ishtirok etdi. Uchrashuvda respublikamizda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini nazorat qilish muammolar, suvlarni tozalashdagi zamonaviy usullar, kadrlarga ehtiyoj va talabalar xususida batafsil so‘zlab berdi. Talabalar bergan savollariga asosli javob oldilar.

Universitet matbuot xizmati