TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2024

Sport o’yinlarining ikkinchi kun musobaqalari

“TIQXMMI” MTU talabalari uchun maxsus talablar asosida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan grafikka asosan joriy yilning 1-may kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I. Ahmedovalar boshchiligida fakultetning 1-kurs talabalari sport musobaqalarining ikkinchi kunida faol ishtirok etdi. Musobaqaning ikkinchi kunida sportning turgan joydan uzunlikka sakrash hamda yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yaxshi natija qayd etgan talabalar musobaqa hakamlari tomonidan ro'yhatga olindi va keyingi bosqichga tavsiya etildi. Natijalarga ko’ra: Yerga qo’llarni bukib yozish bo’yicha 66 talik natija bilan Yurisprudensiya yo’nalishi 108-guruh talabasi Saydalixoniy Saydakbarxon g’oliblikni qo’lga kiritgan bo’lsa, uzoqlikka sakrash musobaqasida Dasturiy injinering yo’nalishi 112-guruh talabasi Abdurazzakov Abdulloh 2.65 metrga sakrab 1-o’rinni qo’lga kiritdi. G’oliblarga keyingi bosqichga yo’llanma berildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro`zmetov va I.Ahmedovalar axboroti

  Universitet matbuot xizmati