TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

Ommaviy madaniyat – taraqqiyot kushandasi

Joriy yilning 2-may kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X. Ro’zmetov va I. Ahmedovalar tashabbusi bilan fakultetning 3-talabalar turar joylarida yashovchi talabalar ishtirokida “Ommaviy madaniyat - taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Unda talabalarga Ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari va ma’naviyatimizga bo’lgan tahdidi haqida so’z yuritildi. Tadbir davomida fakultetning 1-bosqich talabalari ommaviy madaniyatni o’z kiyimlari, o’zini tutishi va so’zlash madaniyati orqali yig’ilganlarga namoyish etib berishdi va bu holat atrofdagi insonlarga qanchalar bachkana ko’rinishini yana bir bor ko’rsatib berdilar. Talabalar mazkur tadbir orqali o’zlariga kerakli xulosalarni chiqardilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X. Ro’zmetov va I. Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati