TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Xorijiy til ta’limida yangicha yondashuv orqali innovatsion mashg’ulotni qo’llash

Joriy yilning 8-May sanasida “Iqtisodiyot” fakulteti, Britaniya Kengashi ko’magida  universitetda tashkil qilingan ‘‘Kasbiy Rivojlantirish Markazi” ning   B-korpusdagi filiali, 2-qavat, 226-xonasida “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova tashabbusi bilan Filipinn Respublikasi (Philippines) vakillari ishtirokida interaktiv dars mashg’uloti tashkil qilindi.

Mazkur amaliy mashg’ulot “Ta’limda yangi yondashuv: Texnika universitetida Innovatsion mashg’ulotni qo’llash” (New Approach in teaching: Transition to Innovative Class at Technical University) deb nomlanib, Filipinn Respublikasining muayyan universitetida ta’lim beruvchi Cherry Venelin A. Nicdao va universitetimiz dotsenti G.Eshchanova tomonidan tashkil qilindi. Ushbu mashg’ulotda Filippin Respubikasidan tashrif buyurgan 10 nafar vakillar “Yer Resurslarini boshqarish va kadastr” fakulteti 113-gurux talabalari bilan birgalikda mavzu doirasida turli interfaol metodlar orqali ingliz tilida Tinglash san’ati, O’qish, Yozish va So’zlash komponentlarini rivojlantirish bo’yicha  bir qator il’gor yondashuvlarni samarali joriy qilish imkoniga ega bo’lishdi.

Mazkur innovatsion mashg’ulotni “Ingliz tili” kafedrasi mudiri B.Isroilova ochib berib, tashrif buyurgan xorijiy vakillarga universitet va kafedrani faoliyati tog’risida qisqacha ma’lumot berish orqali talabalarni xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ingliz tilida xorijiy vakillar bilan og’zaki suxbatlarni tashkil qilishda talabalarning til ko’nikmalarini jadallashtirishga yordam berishini ta’kidlab o’tdi.

Mashgulot davomida talabalar yangicha ta’lim yondashuvlarini aynan til komponentlarini rivojlantirish maqsadida samarali qo’llaganliklaridan mamnun bo’ldilar. Mashg’ulot oxirida tashrif buyuruvchilar bilan universitet bo’ylab tur tashkil qilindi.

Umid qilamizki, ku kabi xorijiy vakillar ishtirokidagi innovatsion amaliy mashg’ulotlar orqali texnika universiteti talabalarini xorijiy til ko’nikmalarini mukammal o’zlashtirishlariga zamin yaratadi.