TIQXMMI yangiliklari

img
10.05.2024

Ota-onalar bilan uchrashuv

Joriy yilning 4-may sanasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti dekani A.Isakov boshchiligida reja asosida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bunda dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va iqtidorli faol talabalar ota-onalarni universitetda hovlisida kutib olib, ro‘yxatga olib yeg‘ilish xonasiga kuzatib qo‘yildi. O‘z farzandi taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-onalar universiet bilan yana bir bor yaqindan tanishdilar, bunda hozirgi kunda talabalarga yaratilgan sharoitlar o‘quv binolari, lobaratoriya xonalari, zamonaviy IT va kutubxonalar, mazali taomlari bor talabalar oshxonasi va juda qulay yaqin talabalar turar joyi haqida ma’lumotlar berildi.

Ota-onalarga yaqinda joriy qilingan kredit-modul tizimi va hemis dasturi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Darslarga surunkali kelmayotgan  talabalar  va fanni o‘zlashtirishga qiynalgan 1 va 2-semestr  bo‘yicha qarzdor talabalar bilan qanday ishlar qilinganligi bo‘yicha ota-onalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ota-onalar tarafdan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga fakultet dekani, kafedra mudirlari va dekan o‘rinbosarlari to‘liq javob berishdi. Shundan so‘ng o‘quv yili davomida fakultet talabalarni yutuqlarini, erishgan natijari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Universitet va fakultetda tartib intizomi, a’lo baholari va jamoa ishlariga faol ishtirok etgan talabalarning ota-onalariga fakultet tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Universitet va ota-onalar o‘zaro hamkorlikda ishlashi bo‘yicha kelishib olindi.

Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati