TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2024

Qisqa muddatli o’quv kurslari tashkil etildi

Universitet rektorining 2024 yil 1 maydagi 70 x/s sonli buyrug’iga asosan Universitetimizga biriktirilgan Piskent tumani va Nurafshon shahar umum ta’lim maktablarining yosh pedagog kadrlari uchun quyidagi Pedagogik mahorat, Matematika, Fizika-kimyo va Axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha 2024-yil 1-2-may kunlari qisqa muddatli o’quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslarida Oliy matematika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori T.Ergashev, fizika-matematika fanlari nomzodi A.Abdullayev, Fizika va kimyo kafedrasi dotsenti S.Xodjibekov, Professional ta’lim kafedrasi assistenti G.Jo‘rayeva, Axborot texnologiyalar kafedrasi assistentlari M.Raxmonova va Sh.Turkmanova, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Suvanovlar ishtirok etishdi.

O‘quv kursining boshlanishida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti haqida video roliklarni taqdim qilinib, universitetimizdagi imkoniyatlar bilan o‘qituvchilar tanishtirildi. O’quv kursi davomida har bir fan bo’yicha taqdimotlar qilindi, o’qitishning turli metodlari, fanga doir doir bo‘lgan so’nggi innovatsion tadqiqotlar va yangiliklar bo’yicha ma’lumotlar berildi.