TIQXMMI yangiliklari

img
28.04.2024

Farg‘onada psixologlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Oʻzbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona davlat universitetida 25-26-aprel kunlari "Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ikki kunga mo‘ljallangan ushbu ilmiy-amaliy seminarda "Oliy ta'lim muassasalarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik omillari", “Oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularni hal etish yo’llari”, “Oilani samarali qo’llab-quvvatlashning xalqaro amaliyoti”, "Talabalarning faoliyatini analiz va sintez qilish orqali jinoyatchilikka moyilligini baholash", "Oliy ta'lim muassasalarida psixologik treninglar orqali talabalarga ta'sir etish va ulardagi mavjud salbiy emotsiyalarni bartaraf etish mexanizmlari", "Jamoani shakllantirishdagi samarali boshqaruv" (Team building), "Stress va stressli vaziyatlarning oldini olish" kabi qiziqarli hamda muhim mavzularda taqdimotlar o’tkazildi. 

Shuningdek ilmiy-amaliy  seminarda ilk oilaviy hayotga qadam qo‘ygan talaba yoshlar uchun oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash borasida tizimli targ’ibot-tashviqot ishlarini yo’lga qo’yish, ilmiy-ma’rifiy, psixologik adabiyotlar, risolalar, o’quv-uslubiy, tahliliy qo’llanmalar tayyorlash va tarqatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali zamonaviy namunali oilaning mezonlarini ishlab chiqish masalalarida kreativ fikr-mulohazalar o’rtaga tashlandi. Ushbu o'tkazilgan ilmiy-amaliy seminar barcha oliy ta'lim psixologlariga manfaatli bo'ldi degan umiddamiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati