2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanishi va qatnashish qoidalar

14.07.2025

Hurmatli abituriyentlar!

Ertadan barcha hududlarda 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanadi.

✅ Test sinovlari har kuni ikki smenada:

  • 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📝Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

  • 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
  • 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang!

Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Barchangizga omad!