TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Umumtexnik fanlar kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treningda O‘zMMI rahbariyati hamda mutaxassislari ishtirok etishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining tashrifi davomida O‘zMMI va TIQXMMI MTU o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha, jumladan,  ilmiy seminarni doimiy ravishda o‘tkazish, kafedraning filialini ochish, metrologiya instituti mutaxassislari tomonidan Universitetda ochiq dars o‘tkazish, ilmiy maqolalar yozish, magistratura va tayanch doktaranturaga xodimlarni jalb qilish, mustaqil izlanuvchilarni dissertatsiya himoyalari bo‘yicha va metrologiyada innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ilmiy loyihalarni birgalikda tayyorlash kabi qator masalalar kelishildi.