May – Sport oyligi

05.05.2025

Sport ishqibozlari uchun ajoyib yangilik! 

Universitet “Sport majmuasi”da, May – “Sport oyligi” doirasida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida (Futbol, voleybol, stol tennis, stritbol, basketbol, badminton, yengil atletika va dzyudo) sport turlari bo‘yicha barcha fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida "Universitet birinchiligi" musobaqasi tashkil etiladi..!

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni — “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qatnashish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining "Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar" bo‘yicha dekan muovinlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

O‘zingizni sinab ko‘rish va yuqori natijalarga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!!!

Sportchi – yurt himoyachisi!