E'lonlar

06.05.2024

Hurmatli “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Axborot-resurs markazidan foydalanuvchilar!

Joriy yilning 15 may kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Axborot-resurs markazida yosh o‘qituvchilar va talaba yoshlar o‘rtasida bir necha avlodlarning ustozi, universitetning minglab bitiruvchilarining maslahatchisi, o‘z kasbining fidoyisi, qolaversa ustasi, sobiq kutubxona rahbari - Nuriddin Xalidovich Asfendiyarovni eslab, xotirlash va uning nomini keng ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tanlovda barcha yosh o‘qituvchilar (30-yoshgacha bo‘lgan) va talaba-yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Ekspert guruhi tomonidan ishtirokchilarga:

  1. Badiiy asarlar o‘qish qanchalik  zarur.
  2. Buyuk mutafakkir va adib (Abdulla Oripov xayoti va ijodini yoritish)
  3. Kitobsiz aql-qanotsiz qush.
  4. Kitob bu inson orqali ko‘riladigan dunyodir.
  5. Yaxshi kitob yashash manbayidir mavzularida maqola yozib, topshirish vazifasi yuklatiladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi yoshlar universitetning Axborot-resurs markazi rahbariyatiga 6 maydan 13 mayga qadar maqolalarni  taqdim etishlari lozim.

       Maqolalar tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga mos kelishi zarur, jumladan:

  • ilmiy maqolalar microsoft Word 2003, 2007, 2010, 2019 dasturi, Times New Roman 14 shrift, A4 formatida, 1,5 intervalda, 5 betgacha qabul qilinadi.
  • maqolalar “Antiplagiat” tizimida tekshiruvdan o‘tkaziladi!!!

       Murojaat uchun telefon raqami: +998 90 972 08 08 - @Maksud0808