TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga Orol Dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasi raisi Orazbay Asxat Tutxishbayevich tashrif buyurdi

Universitet rektori Bahodir Mirzayev uchrashuvda universitetning xalqaro maydondagi mavqeyi, suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan tadqiqot ishlari va ta’lim jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida “Sizni ushbu mas’uliyatli va sharafli lavozimga tayinlanganingiz bilan universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman. Qolaversa, bizning universitetga tashrifingiz va bizning olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxasisslari Sizni g‘oya va islohotlaringizni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kerakli yordamlarini berishga va faol bo‘lishga tayerligini malum qilaman” – deb o‘z tashakkurini bildirdi Bahodir Suyunovich.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti shu kunga qadar erishgan yutuqlari bejizga emas. Sizlar tarbiyalayotgan irrigatsiya sohasidagi kadrlar bizning kelgusidagi ishlarimiz, yangi loyihalarimiz uchun eng zarur qatlam hisoblanadi. Bu orqali Orol dengizni saqlashga bo‘lgan imkoniyatimiz oshishi, xalqaro investitsiyalarni jalb etish va ko‘plab imkoniyatlarimiz paydo bo‘lishi aniqdir. Shu sababli, yosh olimlarni, tadqiqotchilarni tarbiyalashda sizlarga kuch-quvvat va dadillik hamroh bo‘lsin” – deydi Orazbay Asxat Tutxishbayevich

Uchrashuvdan so‘ng universitetda tashkil etilgan IT Park, suv xo‘jaligi, nasos stansiyalari laboratoriyalariga ekskursiya tashkil etildi. Laboratoriya mutaxassislari barcha ilmiy izlanishlarni, qilinayotgan tadqiqotlarni turli maket va laboratoriya qurilmalarida ko‘rsatib berdilar.