TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2024

Xalqaro hamkorlik

“Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar kafedrasi professor-o’qituvchilari va  QS reyting bazasida kuchli 200 talikka kiruvchi Tongji universiteti (Xitoy) professori Kequan Yu o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida kafedra mudiri, professor Bazarov Dilshod Rayimovich ushbu universitetda bajarilayotgan fundamental tadqiqotlar saviyasini, gidrotexnik inshootlarda qo‘llaniladigan qurilish materiallari va suv tanqisligi sharoitida filtiratsiyani kamaytiradigan qoplamalarni tadqiq qilish istiqbollarini, proffessor Kequan Yu yil davomida 20 dan ortiq Q1 kvartilli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etishini hamda uning ilmiy ishlariga keltirilgan iqtiboslar soni 4500 dan yuqori ekanligini yuksak baholadi.

O‘z navbatida professor Kequan Yu ham “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro maydonda kundan kunga ko‘tarilib borayotgan ko‘rsatkichlarini e’tirof etdi. Shuningdek, ushbu kafedra professor-o‘qituvchilari Tongji universitetining yuqori impakt faktorli (Q1) jurnallarida yetakchi muharrir sifatida faoliyat olib borayotganligi hamda hozirgi kunda ikki tomon hamkorligida Q1 kvartilli jurnalda 2 ta maqola chop etilayotganligini ta’kidladi.

Tomonlar muzokara davomida o‘zaro akademik almashinuv, fundamental xalqaro loyihalarda ishtirok etish va yuqori impakt faktorli jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga alohida urg‘u berishdi. Tongji universiteti delegatsiyasi iyun oyida amaliy tashrif bilan Universitetga kelishi va muzokarada nazarda tutilgan bandlar bo‘yicha shartnomalar tuzishga kelishib olindi.

Universitet matbuot xizmati