TIQXMMI yangiliklari

img
30.04.2024

Iqtisodiyot kafedrasida Adam Mack, AQSHning Meyn Shtati Senatining Qonun Chiqaruvchi Organining a’zosi bilan uchrashuv o’tqaziladi.

Iqtisodiyot” kafedrasining katta o’qituvchisi, PhD D.Sh. Shavqidinova tashabbusi bilan joriy yilning 30-chi aprel kuni “Iqtisodiyot” kafedrasida Adam Mack, AQSHning Meyn Shtati Senatining Qonun Chiqaruvchi Organining a’zosi (ilk bor 21yoshida saylangan 1996-2000) va Siyosiy kampaniya bo'yicha maslahatchisi, AQSHning Meyn shtatida joylashgan The Minat Corporation Real Estate Development Company kompaniyasi prezidenti bilan Iqtisodiyot kafedrasining professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va bakalavr talabalari uchun onlayn seminar va davra suhbati o’tkazildi. Seminar mavzusi  eng dolzarb va qiziqarli mavzulardan biri bo’lgan “Amerika iqtisodiyoti, erkin bozor tizimi va hukumat siyosati” mavzusi bo’lib, ma’ruzachi Adam Mack mavzu haqida muhim bilimlarni ulashdilar.

Tadbirda Iqtisodiyot kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent B.X. Shafkarov va kafedraning 10nafardan ortiq professor-o’qituvchilari, jami 60 nafarga yaqin doktorant, magist, va iqtidorli bakalavr talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida AQSHning siyosiy tizimi, erkin bozor tizimi va hukumat siyosati haqida,  shuningdek, AQSH qonunlari va hukumat siyosatining biznesga qanday ta'sir qilishi haqida  iqtisodiyot, biznes boshqaruv va bioiqtisodiyot yo’nalishlari magistrlari va fakultetning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha kerakli bilimlar va ma’lumotlar olishdi, hamda o‘zlarini qiziqtirgan Amerika iqtisodiyoti haqida savollar bilan faol ishtirok etdilar. Mutaxassis tomonidan talabalar uchun Amerika iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari haqida va ma’ruzachining o’z bilim va tajribalari haqida bilimlar berildi. Uchrashuv juda qiziqarli, interaktiv ruhda va bahs-munozaralar bilan o’tdi. Kelgusida ham Adam Mack bilan shunday qiziqarli onlayn davra suhbatlarini tashkil etish bo’yicha kelishib olindi. Bunday seminar va uchrashuvlar yanada ko’proq o’tkazilishi davom ettiriladi.