Talaba yugur musobaqasi!

10.04.2025

Hurmatli talabalar!

“Talaba-yoshlarning sog‘lom hayotda targ‘ib qilish, ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasini o‘tkazish belgilandi. 

Sizlarni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilayotgan Talaba-yugur musobaqasiga taklif etamiz!

Musobaqa joyi: Yangi O‘zbekiston bog‘i (Humo qushi  monumenti oldida)

Musobaqa vaqti: 2025-yil 12-aprel kuni, soat 15:00 da 

Musobaqada barcha xohlovchi talabalar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, musobaqa tashkilotchilari tomonidan g‘oliblarga imtiyoz va  rag‘batlantirishlar nazarga tutilgan!

Ushbu musoboqada ishtirok etish istagi bor talabalar 94-078-56-00 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.