TIQXMMI yangiliklari

img
02.05.2024

O‘lkani muzey orqali o‘rganish

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti talabalari Regional geografiya fanidan o‘lka tabiatini hamda geologiyasini yaqindan obrazli-modelli o‘rganish va qo‘llash maqsadida O‘zbekiston milliy universitetini "Geografiya va geoaxborot tizimlari" fakultetida bo‘ldilar. U yerda bizlarga professor M.Mirakmalov yaqindan yordam berdi. Globusni yasalish tarixi, keltirilishi, H.Hasanovni geografik qarashlari, Yerdagi qonuniyatlar kabilarni Globus yordamida batafsil tushuntirib berdi.

Relyefli landshatli Toshkent globusi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTU 2-kurs 211 va 212 - guruh Yerni masofadan zondlashda innovatsion texnologiyalar yo‘nalishi talabalari bilan 26-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetiga Toshkent relyefli landshatli globusini ko‘rish va uni yordamida ona Zaminimizni masofadan zondlashga doir hamda geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida olgan bilimlarimizni hamda dunyoqarashlarimizni oshirish maqsadida ekskursiya tashkillashtirildi. Unga kafedra dots.nti O.Ro‘ziqulova rahbarlik qildi.

Dotsent O.Ro‘ziqulova axboroti

Universitet matbuot xizmati