TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

Sabr - baxt kaliti

Ajdodlarimiz qadimdan bola tarbiyasi, ayniqsa, qiz farzandning kamoli, istiqboli haqida qayg'urganlar. Joriy yilning  1-may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari  bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Qizlar tarbiyasi - jamiyat ko'rki" mavzusida ochiq davra suhbati o'tkazdilar. Davra suhbatini Ra'no Kodirova ocha turib,  Azaldan o‘zgarmay kelayotgan qoida shuki, har zamon va har makonda insonning iffati, avvalo, uning libosiga qarab belgilanadi. Aslida, hayo qabohatni yo‘qotish uchun ato etilgan xulqdir. Hayoli insonga har kim ham jur’at qilib gapira olmaydi, uning qadrini toptashga birovning haddi sig‘maydi. Hayo – bu mustahkam qo‘rg‘on bo‘lib, o‘z sohibini dunyo va oxirat xijolatligidan himoya qiladi.

Nabiy alayhissalom: «Hayo faqat yaxshilik olib keladi», - deganlar. Hayoli kishining ba’zi ayblari ham ko‘zga tashlanmaydi. Shunday ekan "Go'zal odob sohibasi bo'lish- katta baxtdir "deb takidladilar Shu jumladan qizlarimizga murojaat qilib, muammolari bo'lsa, takliflari bo'lsa ochiq davra suhbati bo'lishni, qizlarimizni davra suhbatida faol ishtirok etishga chorlab, so'zni tadbir mehmoni fakultetimizning salohiyatli ustozlaridan, farzandlarini tarbiyalab, kelin - kuyovlar qilib, nabiralarini ham  bebaho ma’naviy e’tiqodlar, qadriyatlar asosida tarbiyalab kelayotgan, katta hayotiy tajribalar sohibasi "Ingliz tili" kafedrasi dotsenti Azizova Maqsuda Axmadaliyevnaga berdilar Ustozimiz qiz bola tarbiyasida,  ibo- hayoni o'rni to'g'risida oz'tajribalari, hayotiy misollar, rivoyatlar aytib, qizlarimizga qiz bola uchun odob- ahloq, sabr eng kerakli fazilatlar ekanini tushuntirdilar Davra suhbati  savol- javoblar bilan qizg'in davom etdi.
Davra suhbatida berilgan nasihatlar qizlarimizni hayot yo'llarini yorituvchi mayoq bo'lishi, talaba qizlarimizni e'tibor va butun vujudlari bilan tinglaganlaridan ko'rinb turdi.
Davra suhbati sermazmun, foydali, quvnoq o'tdi.


"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti 
Universitet matbuot xizmati